“Caractéristiques de prononciation des styles de discours (style oratoire, style lu, style littéraire)” mavzusida ochiq dars tashkil etildi
2026-yil 25-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi f.f.f.d.(PhD) M.X.Jabbarova tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish(fransuz tili) ta’lim yo’nalishi 11-2Fra-22 guruhi talabalari bilan “Caractéristiques de prononciation des styles de discours (style oratoire, style lu, style littéraire) ” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.
Dars davomida o’qituvchi talabalarga nutq uslublari, o‘zining talaffuz me’yorlari, ohang (intonatsiya), temp va ovoz tembri bilan bir-biridan farqlanishi, talaffuz me’yorlariga amal qilish, ayniqsa, adabiy nutq madaniyatining asosi hisoblanadi. Talaffuz xususiyatlari nafaqat tovushlarning o'zi, balki ularning nutqda qanday tashkil etilganligi bilan ham bog'liq vaziyatlarni tushuntirib o’tdi.
Talaffuzning xususiyatlari talaffuz nutqni tuzadigan bir nechta asosiy elementlarni o'z ichiga oladi. Birinchidan, intonatsiya ovozdagi o'zgarishlarni anglatadi. Bu bizga his-tuyg'ularni ifoda etish, gapni savoldan ajratish va nutqqa urg'u berish imkonini beradi. Keyingi, urg'u muhim rol o'ynaydi. Fransuz tilida urg'u odatda ritmik guruhning oxirgi bo'g'iniga tushadi. Bu urg'u xabarning ayrim qismlarini ta'kidlashga va nutqni tuzishga yordam beradi.
Dars davomida CEFR talabi bo’yicha barcha - eshitish, gapirish, yozish va o‘qish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e'tibor berildi. Dars davomida tashkil etilgan mashqlar talabalarning o’z fikrini erkin ifodalashlariga yordam berdi. Mashg’ulot jarayonida video va audio materiallaridan tashkil topgan slaydlardan unumli foydalanildi.
Dars davomida bir nechta interfaol metodlardan, jumladan, “Kichik guruhlarda ishlash”, Tezkor savol-javob, Aralash, “Brise-glace”, Travail en groupe metodlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn o‘yinlardan, tarqatma va ko‘rgazmali vositalardan foydalanildi. Talabalar dastlab induvidual, so‘ngra kichik guruhlarga bo‘linib ishladilar. O‘qituvchi darsni reja asosida o‘tkazdi.
Dars davomida tashkil etilgan mashqlar talabalarning o’z fikrini erkin ifodalashlariga yordam berdi. O‘qituvchida pedagog nutqi juda yaxshi rivojlangan. O‘qituvchi darsni reja asosida o‘tkazdi. Dars do‘stona muhitda olib borildi. Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari O.I.Adizova, Sh.D. Xolovalar ochiq darsga ishtirok etib, mashg’ulot haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.