"À la découverte du français" to'garagining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan “À la découverte du français” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti 2026-yil 4-mart kuni soat 14:30 da 318-xonada o‘tkazildi. To‘garak mashg‘ulotining mavzusi “Les fautes souvent commises pendant la traduction”, ya’ni tarjima jarayonida ko‘p uchraydigan xatolar tahliliga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulot davomida talabalar tarjima jarayonining nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishtirildi. Xususan, fransuz tilidan o‘zbek tiliga hamda o‘zbek tilidan fransuz tiliga tarjima qilishda uchraydigan eng keng tarqalgan xatolar misollar asosida ko‘rib chiqildi. Ushbu to'garakning yana bir e'tiborli jihati shundaki, unda nafaqat fakultet talabalari, balki olis tumanlardan kelib til o'rganuvchi abituriyent o'quvchilar ham ishtirok etmoqda.
Talabalar bilan amaliy mashqlar bajarilib, noto‘g‘ri tarjima qilingan gaplar tahlil qilindi hamda ularning to‘g‘ri variantlari ishlab chiqildi. Mashg‘ulot interaktiv tarzda tashkil etilib, talabalar tarjima strategiyalari, ekvivalentlik masalasi hamda kontekstual yondashuvning ahamiyati haqida fikr almashdilar. Mashg‘ulot yakunida talabalar tarjima jarayonida matn mazmuni, uslubi va kommunikativ maqsadini saqlab qolish muhim ekanligi haqida xulosaga keldilar. To‘garak ishtirokchilari tarjima kompetensiyasini rivojlantirish uchun muntazam amaliy mashqlar bajarish zarurligini ta’kidladilar.