"Ustozimga ehtirom" mavzusida Ma'rifat soati.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2024 yil 24-sentyabr sanasida "Ustozimga ehtirom" mavzusida Ma'rifat soati tashkil etildi. Samimiy ruhda o'tgan mazkur davra suhbatida kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD), dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Mavzu yuzasidan kafedra professor-o'qituvchilari, jumladan, f.f.d.(DSc), professor R.R.Bobokalonov, f.f.f.d.(PhD), professor O.I.Adizova, f.f.f.d.(PhD) M.H.Jabbarova ham o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar
Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda ustoz-murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun Vatanimiz ma’rifiy tizimini shaklan va mazmunan boyitdi, o‘qituvchining Vatan ravnaqida tutgan o‘rnini belgilab berdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida o‘qituvchi va murabbiylarning mehnati munosib qadrlanmoqda: 1997-yildan buyon 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Qalblarga ezgulik urug‘ini qadash faqat mashaqqatli mehnat evazigagina amalga oshadi. Bunday mas’uliyatli ishni ado etuvchilar o‘qituvchi-murabbiylardir! Muallim — kamolot ichra ko‘zgudir, deyilishi ham bejiz emas, albatta.