"Xush kelding, Navro'z!" nomli tadbir tashkil etildi.
2025 yil 18-mart sanasida Buxoro davlat universiteti Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi magistrlari Yo'ldosheva Mohinur hamda Boboqulova Madina tashabbusi bilan ezgulik va yangilanish bayrami – Navroʻz ayyomini nishonlash uchun Universitet Talabalar turar joyida "Xush kelding Navro'z" nomli tadbir tashkil qilindi.
Navroʻz – bu tabiat uygʻonishi, yangilik, doʻstlik va mehr-oqibat ramzi. Ushbu kun bizni qadriyatlarimizni hurmat qilishga, milliy anʼanalarimizni asrab-avaylashga va quvonchli kunni birgalikda baham ko'rishga undaydi.
Mazkur tadbirga tashrif buyurganlar talabalar ijrosida Navroʻz urf-odatlari, milliy taomlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslardan bahramand bo'ldilar. Zumrad bahor shunday faslki, uning nafasi qalblarimizga iliqlik olib keladi.