Adabiyot - tafakkur xazinasi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi L.B.Majidova tomonidan 2025 yil 28-fevral kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti(ingliz tili tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-1TNA-22 guruh talabalari bilan Buxoro shahrida joylashgan "Kitoblar olami"da sayyor dars tashkil etildi.
Sayyor dars davomida kitob va uning jamiyatda tutgan o’rni haqida talaba-yoshlarga ma’lumot berib o’tildi. Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.