Kitob komillikka yetaklaydi.
2025 yil 13-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.f.d.(PhD) Islomov Dilshod Shomurodovich tomonidan IV-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-2FRA-21 guruh talabalari bilan O'qish va yozish amaliyoti fanidan Bookhara books kitoblar maskanida ‘‘Kitob komillikka yetaklaydi’’ mavzusida sayyor dars tashkil qildi. Sayyor dars davomida kitob va uning jamiyatda tutgan o’rni haqida talaba-yoshlarga ma’lumot berib o’tildi.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.