January 16
"Isteza" madaniyat markazida sayyor dars.
2025 yil 16-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d.(DSc) O.I.Adizova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 11-13 ING 23 guruh talabalari bilan Buxoro shahrida joylashgan "Isteza" Fransuz madaniyat markazida sayyor dars tashkil etildi.
Ushbu madaniy markazning bosh ofisi Parijda joylashgan bo`lib, uning Buxorodagi filialiga Irina Mavlanova rahbarlik qiladi. Tashrif davomida Irina Mavlanova ushbu madaniy markaz faoliyati haqida talabalarga so’zlab berdi. Mashg'ulot chog`ida talabalar Fransiyada ta`lim, Fransiyaning urf-odatlari va o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob oldilar.