Qadimiy obidalar bo'ylab amaliy mahorat darsi.
2026-yil 28-fevral sanasida BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi R.R.Radjabov boshchiligida Filologiya va tillarni o’qitish yo’nalishi 11-3FRA-23 guruhi talabalari bilan Buxoroning eski shahar qismida joylashgan Labi Hovuz ansambliga ekskursiya tashkil etildi.
Dastlab, talabalar tomonidan monumentlarning tarixi va bugungi holati haqidagi tayyorlab kelingan ma’lumotlar tinglandi. Jumladan, talabalar quyidagi ma’lumotlarni bayon etdilar: Labi hovuzda saqlanib qolgan birinchi bino Ko'kaldosh madrasasidir. Madrasani 1569-yilda hukmdor Abdullaxon II qurishga buyruq bergan. 1619—1620-yillarda Imimqulixon qo‘l ostidagi vazir o‘zbek urug‘i vakili Nodir Devonbegi tashabbusi va mablag‘i bilan maydonda hovuz buzilib, Nodir Devonbegi xpnaqohi barpo etilgan. 1623-yilda oʻsha Nodir devonbegikarvonsaroy binosini qurib, soʻngra Devonbegi madrasasiga aylantirilgan. Hududning sharqiy qismida Devonbegi madrasasi, gʻarbiy qismida Devonbegi xonaqohi joylashgan. Xoʻja Nasriddin haykali va xonaqoh oʻrtasida Labihovuz oʻrin olgan shimoli-sharqiy qismini salobatli Ko'kaldosh madrasasi egallaydi. Xonaqoh 1619—1620-yillarda Labihovuz bilan bir vaqtda Nodir devonbegi, Imomqulixonning amakisi va vaziri tomonidan qurilgan. Hozirgi kunda bu yerda kichik muzey faoliyat yuritadi. Shundan so’ng obidalar bo’ylab sayohat amalga oshirildi.