December 10

Kelajak soati - Ma'rifat darsi o'tkazildi.

2025-yil 9-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori f.f.d(DSc) M.H.Xamidova tomonidan 11-1,2,3Fra-24 hamda 11-1,2Tnf-24 guruhlarida navbatdagi "Kelajak soati" - Ma'rifat darsi o'tkazildi.

Ma’lumki, jonajon Vatanimiz O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishdi. Xalqimiz o‘zining milliy davlatchiligini tiklash va mustahkamlash, taraqqiyot yo‘lini mustaqil belgilash, davlat ramzlariga ega bo‘lish, xalqaro tashkilotlarga a’zolik kabi huquqlarni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng gerb, bayroq va madhiya kabi barcha davlat ramzlari tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. Jumladan, davlatimiz madhiyasi 1992-yilning 10-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi sessiyasida qabul qilindi. O‘shandan buyon u barchamiz uchun eng qadrli va ardoqli davlat ramzlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Davlat madhiyasi gerb va bayroq singari davlat ramzi, suverenitetimizning asosiy belgilaridan biridir. O‘zbekiston madhiyasi xalqimiz uchun milliy davlatchiligimizning eng qadrli va mo‘tabar timsollaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

“Madhiya” so‘zi bizga arabchada maqtov, ta’rif kabi ma’nolarni anglatadi. U biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bag‘ishlangan badiiy asar bo‘lishi ham mumkin. Ayni paytda madhiya muayyan xalq, millat, davlat va jamiyatning orzu-intilishlari, ma’naviyati, tarixi, buguni va istiqbolini o‘ziga xos tarzda ifoda etadigan tushuncha hamdir. Ba’zan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat bo‘lishi mumkin. Arab, fors va o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analariga ko‘ra, har bir yirik epik asarning bosh qismida (asosan, she’riy) madhiyalar o‘rin olgan. Odatda bu madhiyalar avvalo Xudoga, payg‘ambar, hukmdor va boshqalarga bag‘ishlangan.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.