February 17
Buxoro "Kitob olami"da sayyor dars.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan 2025 yil 17-fevral kuni Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 11-3FRA-23 guruh talabalari bilan O'qish va yozish amaliyoti fanidan Buxoro shahrida joylashgan "Kitoblar olami"da sayyor dars tashkil etildi.
Sayyor dars davomida talabalar turli sohalarga oid ilmiy, publitsistik, badiiy asarlar, shuningdek, maktab darsliklarini o'zida jamlagan boy kitoblar fondi bilan tanishdilar. O'zbek tiliga tarjima qilingan buyuk fransuz adiblari qalamiga mansub asarlar mutolaasi tavsiya qilindi.