"Chet tili leksikasini o'qitish metodologiyasi" mavzusida marter-klass o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B. tomonidan Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchilari uchun “Chet tili leksikasini o‘qitish metodologiyasi” mavzu yuzasidan master-klass o’tkazildi. Master-klassni o’tkazishdan maqsad, chet tili leksikasini o‘qitish metodologiyasi, talabalar uchun tilni o‘rganishning samarali va qiziqarli usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Leksikani o‘rganish jarayoni talabalarning so‘z boyligini kengaytirish, tilni tushunish va to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan metodlar, leksikani o‘rgatishning muvaffaqiyatiga bevosita ta'sir qiladi.
Master-klass juda qiziqarli tarzda tashkil etildi. Shuningdek, yangi ta’lim texnologiyalari va innovatsion yondashuvlardan ham unumli foydalanildi. Mavzuga oid prezentatsiya, videolardan foydalangan holda mavzu yoritib berildi. Leksikani o‘rganishda o‘yinlardan foydalanish talabalarni qiziqtiradi va o‘rganish jarayonini qiziqarli qiladi. Masalan, so‘z o‘yini, flashcards va boshqa interaktiv o‘yinlar. Mobil ilovalar va onlayn platformalar yordamida talabalarga chet tilining leksikasini o‘rganish uchun qo‘shimcha resurslar taqdim etish. Bu, masalan, "Quizlet", "Duolingo" kabi ilovalardan foydalnish yaxshi samara berishi mumkinligi haqida aytib o’tildi.