Ochiq dars tashkil etildi.
2026-yil 20-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish(fransuz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 11-1FRA-24 guruhida Chet tillarni o‘qitishining pedagogik asoslari fanidan “Les technologies du développement des compétences de la production orale et écrite” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida turli metodlardan foydalanib, mavzu yuzasidan talabalar faolligi oshirildi. Dars o’tish bosqichlariga rioya qilindi, kirish qismi, o’tilgan mavzu yuzasidan mustahkamlash uchun interaktiv mashg’ulotlar o’tkazildi. Xususan, bellashuv muhitida o'tgan mashg'ulotda og‘zaki va yozma nutq ko'nikmasini rivojlantirish maqsadida savol-javob, dialog tuzish, krossvord, “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” metodlari asosida gaplar tuzildi, tarqatmalar bilan ishlandi. Mavzu bo'yicha asosiy ma'lumotlar video kontent ko'rinishida til o'rganuvchilarga tushuntirildi, qo‘shimcha adabiyot, doska bilan ishlandi.
Amaliy mashg'ulot hisoblangan ushbu darsda chet tili darslarini samarali tashkil etish, xususan, fransuz tilida og‘zaki va yozma nutqni yaxshilashga yo’naltirilgan topshiriqlar berildi, kerakli grammatik qoidalar – gap tuzayotganda zamonlarni to‘g‘ri qo‘llash, moslashuvlarga rioya qilish, gap tartibini risoladagidek tuzish, predloglar qo‘llanilishi yuzasidan tavsiyalar berildi, Production orale (Gapirish) va Production écrite (Yozish)ga asoslangan mashqlar ishlatildi. Buning uchun qo‘shiq bilan ishlash metodi asosida nutq o‘stirishga mo‘ljallangan mashqlar samarali bo‘ldi. Fan yuzasidan kerakli adabiyotlar tavsiya qilindi. Dars yakunlandi, talabalar baholandi va o’z vaqtida vazifa topshirildi. Darsda ko’zlangan maqsadga erishildi. Ochiq dars tahlilida kafedra o'qituvchisi L.B.Ikromova ishtirok etib, dars yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.