Milliy qadriyatlar kuni o'tkazildi.
2026-yil 9-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Milliy qadriyatlar - millat bezagi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi bo‘lib, butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimizda milliy liboslar targ‘ibotini kuchaytirish, yosh avlod ongiga millat ruhiyatini singdirish, ular hayotiga o‘zbekona mentalitet me’yorlarini olib kirish hamda milliy liboslarga mehr uyg‘otish maqsadida turli xil milliy liboslar festivali va shu ko‘rinishdagi tadbirlarning tashkil etilayotganligi ham bejiz emas.