June 1

Malakaviy amaliyot jarayoni boshlandi.

2026-yil 1-iyun kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan III-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish 11-3FRA-23 guruh talabalari bilan Malakaviy amaliyotning passiv jarayoni ilk mashg’uloti tashkil etildi.

Amaliyotning birinchi kunida talabalarga malakaviy amaliyot haqida tushuncha berildi. Malakaviy amaliyot – boʼlajak mutaxassislarni tayyorlashda oʼquv pedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyot namunaviy va ishchi oʼquv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Malakaviy amaliyotning mazmumni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos boʼladi. Malakaviy amaliyot oʼquv mashgʼulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi. Malakaviy amaliyotni talabalar oliy taʼlim muassasasi bilan shartnoma tuzilgan tashkilotlarda oʼtashlari mumkin. Talabalarning malakaviy amaliyotni oʼtash joylari oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan chiqarilgan buyruq asosida tashkil etiladi.

Malakaviy amaliyotning maqsadi va vazifalari haqida boʼlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab koʼrish, pedagogik va kasbiy faoliyat maʼsuliyatini his etish va oʼz ustida ishlash koʼnikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini oʼrganishdan iborat ekanligi tushuntirildi. Malakaviy amaliyot vazifalari: Talabalarda tanlangan kasbiga qiziqishni takomilashtirish; Kasbiy faoliyat haqida bir butun tushunchani shakllantirish; Kasbiy koʼnikma va malakalarni shakllantirish; Kasbiy faoliyat boʼyicha tajribani yaratish. Talabalarning olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va ularni amalda qoʼllashga oʼrgatish. Mustaqil va ijodiy ishlashga, ilgʼor tajribalarni muntazam oʼrganishga, kasbiy faoliyatda ijodkor boʼlishga undash haqida talabalarga batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi.