Buxoro Arki bo‘ylab…
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d. (PhD) M.M.Jo‘rayeva tomonidan 2025-yil 08-may sanasida Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich 11-1Fra-24 guruh talabalari bilan Buxoro shahridagi qadimiy Ark qo‘rg‘oni bo‘ylab sayyor dars o'tkazildi.
Ark — Oʻrta Osiyo koʻhna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qalʼaband oʻrda. Yozma tarixiy manbalarda koʻhandiz, diz, koh, qasr, qalʼa, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland doʻnglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan oʻralgan, bir yoki ikki darvozasi boʻlgan.
Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan Ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli taʼmirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. „Goʻriyon“ darvozasi qayta tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5-3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlangan. Arkda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi joylashgan.