Milliy qadriyatlar kuni.
2025-yil 12-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Milliy qadriyatlar - millat bezagi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda milliy hunarmandchiligimizning asosiy yo'nalishlaridan bo'lgan chevarchilik va kashtachilik haqida fikr yuritildi.
Milliy matolarimiz, milliy namunadagi liboslarimiz oʻz koʻrki-jozibasi bilan nainki yurtimiz, balki xorijda ham mashhur. Ayniqsa, hunarmandlar yurti sanalgan Buxoro shahri, Gʻijduvon va boshqa hududlarda xalq amaliy sanʼati namunalaridan zardoʻzlik, kashtadoʻzlik, soʻzanadoʻzlik, ipak, shoyi va boshqa matolardan gulli va chokli liboslar tikib tayyorlash turlari koʻp asrlik tarixga ega. Buxorolik usta-hunarmandlar tomonidan tikib tayyorlanayotgan ipak matolar maftunkor naqshlari bilan alohida ajralib turadi. To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati bugun paydo bo‘lgan emas. Kishilik jamiyati yuz ko‘rsatgandan beri inson o‘z go‘zalligini liboslarda, yashash tarzini gilamlaru kashtachilik borasida namoyish etib kelayotir. Oddiy o‘rmak orqali sholchayu jilqurs, turfa tusdagi namatlar to‘qilishining guvohimiz. Bugun esa to‘qimachilik sanoati tom ma’noda rivojlandi. Yangi texnologiyalar bu sohani to‘liq qamrab oldi.