January 21

Buxoro – qadim madaniyat va ilm-fan o’chog’i.

2025 yil 20-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-14 ING-23 guruh talabalari bilan ‘‘Buxoro – qadim madaniyat va ilm-fan o’chog’i’’ mavzusida sayyor dars tashkil etildi.

Bu shaharning har bir goʻshasida- boy tarixga ega minoralari, osori-atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis oʻtmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor.

Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiy-meʼmoriy obidalarga boy goʼzal shaharlaridan biri boʼlib, u azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega boʼlgan.

Koʻkaldosh madrasasi (Koʻkaltosh madrasasi)— O'zbekiston respublikasi Buxoro viloyati Buxoro shahrining tarixiy markazida, Labihovuz ansamblining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti.

Buxoro xonligining poytaxtida 1568/69-yilda Qulbobo ko'kaldosh tomonidan bunyod etilgan madrasa, shu davrdan boshlab, hozirgi kungacha Markaziy Osiyoning eng yirik madrasasi maqomini oʻzida saqlab turibdi.

Koʻkaldosh madrasasining vaqf hujjatlari ilk bora professor Muso Saidjonov tomonidan oʻrganilib, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Keyinchalik, hujjatlar Abdusattor Jumanazar tadqiqotlari davrida qayta oʻrganib chiqilgan.

Madrasaning bizgacha ikkita vaqf hujjati yetib kelgan. Biri asl (1593—1594-yillarda tuzilgan), ikkinchisi Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurod (1785—1800) davrida koʻchirilgan nusxa. Asl nusxa charm gʻilofli, oʻram shaklida, tili forsiy, nastaʼliq xatida yozilgan. Koʻchirma nusxa ham asliga mos.

Koʻkaldosh madrasasi 1568—1569-yillarda Buxoro xonligi poytaxtining markaziy koʻchalaridan birida, Qoqilai hurd yoki Koʻkaldosh guzarida, oʻzbek hukmdori Abdullaxon II (1557—1598) hukmronligi davrida, xonning hohishi bilan, uning yaqin vaziri va sarkardasi Qulbobo koʻkaldosh donatorligida bunyod etilgan. U kattaligi va egallagan maydoni jihatidan avvalgi madrasalardan ustun oʻlaroq, bu davrda nafaqat Buxorodagi balki Markaziy Osiyodagi (Oʻrta Osiyodagi) eng yirik madrasa inshooti boʻlib, hozirga qadar shu maqomni oʻzida saqlab qolgan. Talabalarda sayyor dars katta taassurot qoldirdi.

Taʼkidlash kerakki, Buxoro ahli ota-bobolarining madaniyati va sanʼatini saqlash, anʼanalarini boyitishda ham peshqadamlik qilmoqda.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.