Respublika olimpiadasi muvaffaqiyatli o'tdi.
Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) bo‘yicha fanga oid bilimlarini mustahkamlash, xorijiy tillarni bilish darajasi bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirish, tarjimonlik mahorati hamda fanda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida bilimlarning keng tarqalishi va ommalashishiga erishishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ikki bosqichli Olimpiada tashkil etildi.
Olimpiada belgilangan Nizomga ko'ra, quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:
Birinchi shart - test.
Mamlakatshunoslik, adabiyot, grammatik va leksik materiallar asosida tuzilgan 50 ta savoldan iborat test topshiriqlarini bajarish uchun 100 daqiqa;
Ikkinchi shart - yozma.
15-20 daqiqa davomida badiiy filmdan parcha ko‘rish va mazmunini yozma ravishda kamida 300 so‘zdan iborat bayon yozish 40 daqiqa;
Uchinchi shart - tarjima.
O‘zbek yoki rus tilidagi matnni chet tiliga tarjima qilish uchun 30 daqiqa;
To‘rtinchi shart - suhbat.
Tili o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti va san’ati, buyuk siymolari, yoshlar hayoti va shu kabilar haqida tayyorgarlik uchun 20 daqiqa, suhbat uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 15-iyuldagi 247-sonli buyrug'uga ko'ra, Buxoro davlat universitetida 2024 yil 20-sentyabr sanasida Olimpiadaning birinchi bosqichi ingliz, nemis va fransuz tili bo'yicha yuqori saviyada o'tkazildi.
Olimpiadaning birinchi bosqichi natijalariga ko'ra, quyidagi talabalar g'olib deb topildi:
✅ Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi Narzulloyeva Dilfuza Bahriddin qizi
✅ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi Sobirova Shaxinabonu Sharifovna
✅ Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Badalov Feruz Nuriddinovich
Natijalar Buxoro davlat universiteti Kengashida muhokama qilinib, g‘oliblar olimpiadaning ikkinchi bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
2024 yil 26-27-sentyabr kunlari Olimpiadaning ikkinchi - yakuniy bosqichi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazildi. Murosasiz kechgan bellashuvda Buxoro davlat universiteti sharafini himoya qilayotgan talabalar munosib ishtirok etib, ustozlar ishonchini oqlashdi. Jumladan, Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan 3-bosqich 11-1FRA-22 guruh talabasi Narzullayeva Dilfuza Bahriddin qizi faxrli 2-o'rinni egallab, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2-darajali diplomi bilan taqdirlandi.