Bookhara books kitoblar olamida sayyor dars.
2025 yil 12-fevral sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi B.N.Sayfullayev tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yoʻnalishi 11-2Fra-23 guruh talabalari bilan Buxoro shahridagi Bookhara books kitoblar olamida sayyor dars tashkil etildi.
Istiqloldan keyingi yillarda kitob mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin oʻzgarish boʻldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli kitoblar nashriga alohida ahamiyat berildi. Mavjud nashriyotlar ommaning talab ehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur kitoblar nashr etmoqdalar. kitoblarning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormoqda.
Bunday kitoblar dunyosiga sayyor darslarning tashkillashtirilishi talabalarda kichkina asarlardan boshlab tarjimonlik faoliyatiga mehr uyg’otadi va ish boshlashlari uchun zamin yaratadi.