Varnet botanika bog'ida sayyor dars.
2024 yil 18-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish 11-3 ING-23 guruh talabalari bilan Varnet botanika bog'iga sayyor dars tashkil qildi. M.Jabbarova Varnet botanika bog’i haqida talabalarga ma’lumot berib o’tdi.
Buxoro Varnet botanika bog’ining umumiy qiymati 120 million dollardan ziyod bo‘lib, 113 gektar maydonga ega. To‘liq ishga tushganda yillik quvvati 33,8 ming tonna bo‘ladi, jami 2 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Buxoro viloyatining ko‘p yerlari sho‘rxok va qumloq, suv esa tanqis. Bunday joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun gidroponika usuli juda qulay. Shu bois 2018 yil 10 iyuldagi Prezident qarori bilan «Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan edi. Bu zona uchun Jondor, Kogon, Peshku, Romitan va Buxoro tumanlaridan 3 ming gektar yer ajratilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilib, klaster tizimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish uchun keng sharoit yaratildi.
Avval bu yerda faqat issiqxona bo‘lgan bo‘lsa, endilikda uning yonida o‘quv markazi, laboratoriya hamda issiqxonalar uchun konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etilmoqda. Ya’ni zamonaviy issiqxonalar uchun nimaiki kerak bo‘lsa, shu yerda tayyorlanadi. O‘tgan yili qariyb 20 milliard so‘mlik mahsulot yetishtirilib, 1 million dollarlik eksport qilingan. Joriy yilda 26 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilgan.Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga etarlicha javob olishdi. Bu sayyor dars talabalarda katta taassurot qoldirdi.