Pedagogik amaliyot doirasida ochiq darslar davom etmoqda.Â
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishidagi 4-bosqich 11-2FRA-21 guruh talabasi Karimova Maftuna tomonidan Qorako'l tumanidagi 6-maktabning 6-B sinfida "Looks de vacances" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Dars davomida Xorijiy tillarni o'qitishning yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda, qiziqarli va samarali usullar amalda qo'llandi. Dars etaplariga rioya qilinib, har bir bosqich uchun alohida tayyorgarlik ko'rilgan. Turli tarqatma materiallar, didaktik o'yinlar, bellashuvlar vositasida dars mashg'uloti o'quvchilarda qiziqish uyg'otdi.
Ochiq dars tahlilida maktab o'quv ishlari bo'yicha direktor muovini hamda maktbning fransuz tili fani o'qituvchilari ishtirok etishdi. Dars o'z maqsadiga erishdi.