November 22, 2024

"Les parties du corps" mavzusida ochiq dars.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida 2024 yil 21-noyabr sanasida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Rustamova F.I. tomonidan 11-1INGK-23 guruhida Ikkinchi chet tili fanidan "Les parties du corps " mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Dars davomida o'qituvchi tomonidan bir qator interfaol metodlardan foydalanildi. Xususan, talabalar orasida bellashuv muhitida o'tgan mashg'ulotda fransuz tilida tana a’zolarini to’g’ri talaffuz qilish, tana a’zolariga bog’liq bo’lgan so’zlarni o’rganib ular asosida gaplar tuzish, ularni nutqda to’g’ri qo’llash ko'nikmasini rivojlantirish maqsadida tahlil qilingan qoidalar asosida gaplar tuzildi, tarqatmalar bilan ishlandi. Mavzu bo'yicha asosiy ma'lumotlar taqdimot ko'rinishida til o'rganuvchilarga tushuntirildi, darslik, doska bilan ishlandi. Fan yuzasidan kerakli adabiyotlar tavsiya qilindi. Mashg'ulot so'ngida "Qui est habile" o'yini tashkil etilib, talabalar faolligi yanada oshirildi.

Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari: f.f.f.d.(PhD), professor Adizova O.I. , f.f.f.d.(PhD), katta o'qituvchi Jabbarova M.X., Abdullayeva N.N., Xayatova N.I. va Ikromova L.B. ishtirok etdilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.