January 14

Buxoro davlat universiteti tuzilmasidagi qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayyor dars.

2025 yil 13-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-14ING-23 guruh talabalari bilan Buxoro davlat universiteti tuzilmasidagi qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayyor dars tashkil etildi. Talabalar Buxoro davlat universiteti tuzilmasidagi qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi ekskursovodi D.Qayumova muzey haqida talabalarga ma’lumotlar berdi.

Muzey 3 ta zaldan iborat bo‘lib, 1865 yildan hozirgi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab oladi. Muzey ekspozitsiyasidan XIX asrga oid osiri-atiqalar, qimmatli arxiv hujjatlari, foto va kino hujjatlar o‘rin olgan. Mustaqillik zalida “Islom Karimov buxoroliklar xotirasida” deb nom olgan ekspozitsiya ham joy olgan bo‘lib, ushbu fono va hujjatli materiallar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Muzey  mingdan ortiq talabaga bepul xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yaponiyalik talabalar, Pol`sha Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyi xodimlari va Turkiyalik mehmonlar ham muzeyga tashrif buyurganlar. Sayyor dars talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Fransuz filologiyasi kaferdasi.