December 18, 2024

"L'école à deux ans" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi, f.f.f.d.(PhD) N.Sh.Jo'rayeva tomonidan 2024 yil 18-dekabr kuni Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi II-bosqich 11-2 FRA-23 guruh talabalari bilan "O'qish va yozish amaliyoti" fanidan "L'école à deux ans" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Dars Fransiyada ta'lim, xususan Fransiyadagi maktabgacha ta'lim tizimi haqida bo'lib, dars jarayonida 2,5-3 yoshdagi bolalarning bog'chalarga berilishi, bunga sabab bo'lgan omillar, bog'chadagi muhitning ijobiy va salbiy tomonlari haqida fikr yuritildi. Shuningdek, Fransiya va O'zbekistondagi maktabgacha ta'lim tizimi o'zaro qiyosiy tahlil qilindi. Darsda talabalarning og'zaki, yozma nutqini rivojlantirish uchun turli-xil metodlardan foydalanildi. Dars "Mise en scène" metodidan foydalangan holda boshlandi. Dars jarayonida talabalar individual, kichik va katta guruhlar bo’lindi. Mavzuga doir turli video va audio materiallardan unumli foydalanilgan holda mavzu yoritib berildi. Dars vaqtida, to’rtta (lire, écouter, parler, écrire) til ko’nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasidan f.f.f.d.(Phd) D.Sh. Islomov, Sh.R.To'yboyeva, F.S.Nasimova kabi professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.