November 13, 2024

Abu Ali ibn Sino kutubxonasida sayyor dars.

2024 yil 13-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d.(DSc) M.X.Hamidova tomonidan Lingvistika(Fransuz, Ingliz, Nemis tillari) magistratura mutaxassisligidagi 1-bosqich talabalari bilan Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat Axborot-kutubxona markazida sayyor dars tashkil qilindi. Kelajakda ilmiy tadqiqot faoliyati bian shug'ullanishni maqsad qilgan magistrantlarga ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanish, ilmiy maqola va tezislar yozish bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Sayyor dars davomida kutubxona xodimi tomonidan talabalarga kutubxona tarixi hamda hozirgi zamonaviy shart-sharoitlari tanishtirib o'tildi.

1921-yil 30-iyunda ilk bor Buxoroda shahar kutubxonasi tashkil etildi. Kutubxona dastlab, 1187 nusxa kitob fondi bilan ochilgan va 350 nafar kitobxonga xizmat koʻrsatgan. 2016-yilga kelib kutubxona fondi 239 066 taga yetgan, hozirda binoning uch qavatida ham kitobxonlar uchun kitoblar mavjudligi, talabalar uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi aytib o’tildi. Hozirda kutubxona fondi 239066 nusxa bo’lib, viloyatdagi 450 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.

Shundan so'ng talabalar mavzuga doir kitoblarni o'rganib muhokama qildilar, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va bu tashrifdan mamnun bo'ldilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.