Ilmiy-amaliy muzeyda sayyor dars.
Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B. tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-3ING-23 guruhi talabalari bilan joriy yilning fevral oyida Buxoro davlat universitetining Ilmiy-amaliy muzeyida sayyor dars tashkil etildi.
Sayyor dars davomida talabalar tomonidan ushbu muzey haqida tarixiy ma’lumotlarni muzey kuzatuvchisi Bobojonova Saida Akbarovna tomonidan hikoya qilib berildi. Sayohat davomida muzey xodimi muzeydagi mavjud eksponatlar to‘g‘risida talabalarga to‘liq ma’lumot berildi. Talabalar Buxoro davlat universitetining ochilganidan to hozirgi paytga qadar bo’lgan qadimgi tarixini, uning moddiy va ma'naviy boyliklarini, avloddan - avlodga o‘tib kelayotgan o’ziga xos merosi bilan yaqindan tanishishdi. Kuzatuv davomida guruh talabalari boshqaruv jarayonining o‘tmishdagi harakatlarini hamda boshqaruv tuzilmalarining tarixiy obyektlarini o‘rganishdi. Bundan tashqari, sayyohat davomida Buxoro davlat universitetining ilmiy-amaliy muzeyi haqida foydali va qiziqarli ma’lumotlar berildi.