« Français énergiques » to’garak mashg’uloti samarali faoliyat yuritmoqda.
2025-yil 3- dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi M.X.Jabbarova tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yo’nalishi 11-1Fra-22 guruhi talabalari bilan “La Constitution de notre pays’’ mavzusida navbatdagi to’garak mashg’uloti olib borildi.Amaliy mashg’ulotda o’qituvchi va talabalar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi haqida ma’lumotlar berib o’tiishdi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjat bo'lib u 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilib, demokratik islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ijtimoiy o‘zgarishlar uchun asos bo‘ldi. Bu millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tarixiy-madaniy an’analarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu xujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.