November 15
Sayyor darslar davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Majidova Laziza Baxtiyorovna tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-14Ing-23 guruhida 2025-yil 4-noyabr kuni sayyor dars tashkil etildi.
Buxoro Kitoblar olamida o'tgan sayyor darsda talabalarga kitoblar mavzusida qiziqarli topshiriq berildi, mashg'ulot davomida kitob do'konidagi kitoblar orasidan fransuz yozuvchilari asarlarini izlab topib, shu haqida qisqacha ma'lumot berish edi.