"Bola - aziz, tarbiyasi undan aziz" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2025 yil 25-mart kuni "Bola - aziz, tarbiyasi undan aziz" mavzusida Ma'rifat soati tashkil etildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov, fakultet Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.A.Jumayev hamda kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini o'rtoqlashdilar.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda farzandlarimizni jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mantiqan bir-birini to‘ldiruvchi “Oila yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Sihat-salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili” va “Sog‘lom bola yili”da amalga oshirilgan barcha ishlar hamda yoshlar tarbiyasi va ularning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil davlat siyosatining amaliy ifodasi hisoblanadi.