Oliyjanoblik - go'zal fazilat.
2024 yil 5-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Oliyjanoblik - go'zal fazilat" mavzusida Ma'rifat soati tashkil etildi. Ma'rifat soatida kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD), dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.
Dinimiz insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda hamisha insof, adolat, xalollik xukmron bo‘lishini talab etadi va musulmonlarni shunga chorlaydi. Bu munosabatlar insonni kamolotga yetaklaydi.
Xalqimiz orasida “Dunyoni obod qiladigan ham, barbod qiladigan ham INSON ! Insonni odam qiladigan ham, ado qiladigan ham INSOF !”, degan ajoyib xikmat bor. Insof haddan oshmaslikdir. Ba'zan insof xaqida gapiramiz-u, ammo asli insofning nima ekanligini ko‘pchiligimiz yaxshi bilmaymiz. Hazrat Alisher Navoiyning “Insof ila adl qasrini qur”degan ishorasida qancha ma'no va mazmun yashiringan.
Bugun shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda globallashuv jarayonlarining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, uning salbiy oqibatlari ham hayotimizga kirib kelmoqda. Shu ma’noda turli ma’naviy tahdidlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalambor, sog‘lom g‘oyalar orqali, jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz lozim. Bunday bellashuvga kirishadigan shaxsning nafaqat bilimi, balki uning axloqiy qarashlari yuqori darajada shakllangan bo‘lishi lozim. Dunyodagi har bir xalqning tili, xarakteri va tafakkur-tarzi turli bo‘lgani kabi milliy xulq-atvori, odob-axloqi, muomala madaniyati, urf-odatlari ham farqlidir. Bir so‘z bilan aytganda, odob millat tanlamaydi.