January 11

Kitobxonlik - buyuk kelajak kafolati.

2025 yil 10-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish 11-14 ING-23 guruh talabalari bilan 5 tashabbus doirasida Buxoro davlat universiteti Axborot resurs markazida ‘‘Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati’’ mavzusida sayyor dars tashkil qildi. M.X.Jabbarova kitob va uning jamiyatda tutgan o’rni haqida talaba-yoshlarga ma’lumot berib o’tdi.

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. Farzandlarimizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozim. Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha barobar koʻp miqdorda samarali ishlar amalga oshmoqda. Ma’naviy barkamol kitobxon avlod tarbiyasida har bir oʻquv dargohi muhim va mustahkam poydevor.

Shu bois, universitetimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasidagi har qanday faoliyatda kafedra va toʻgaraklar bilan hamohang, hamfikr ish yuritish koʻzlangan maqsadlarga erishishda munosib zamin yaratadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.