April 28
"Kitobxon talaba" loyihasi amalda.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B tomonidan 2025-yil 28-aprel sanasida Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili)ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-2Fra-21 guruh talabalari ishtirokida Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari muhokama qilindi.
“Oq kema” asari orqali yozuvchi asarda bolalik orzularining pokligi va hayot haqiqatining shafqatsizligini ta’sirli tarzda tasvirlagan. Asar qahramoni — yetim bola atrofidagi zulm, befarqlik va beadablikdan qochib, orzular dunyosiga beriladi. U oq kemani najot va baxt timsoli sifatida ko‘radi. Ammo hayotdagi shafqatsizlik uning orzularini sindiradi. Muhokama davomida quyidagi savollar yuzasidan fikr almashildi.