Buxoro davlat universiteti Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti pedagogik amaliyot jarayonida.
Joriy 2024 yilning 14-oktyabr kuni Xorijiy tillar fakultetida 11-1 FRA-23 guruhi talabalari bilan 216-xonada Oʻqish va yozish amaliyoti fanidan “Gustave Flaubert, « L’Education sentimentale », chapitre I” mavzusida pedagogik amaliyot rejasi boʻyicha Karimova Saodat sinov dars oʻtkazdi. Mazkur darsda turli tarqatma materiallar, video, mashqlar hamda oʻyinlar bilan ishlandi. Dars jarayonida koʻrgazmali vositalaridan unumli foydalanildi. Dars mobaynida talabalar yakka, juft va guruhlarga boʻlingan holda ishladilar.
Ushbu dars pedagogik amaliyot rahbari f.f.f.d.(PhD) M.M.Jo’rayeva, kafedra mudiri, f.f.f.d.(PhD), dotsent O.O.Bobokalonov hamda Fransiyaning Grenobl Alp universiteti va Strasburg universiteti malakali professor-o'qituvchilari tomonidan kuzatildi.
Pedagogik amaliyotning maqsadi magistrlarning olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va oʻquv tarbiyaviy ishlarga tatbiq etish, oʻz kasbiga amaliy tayyorlash, kasbiy mahorat malakalari va fazilatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishdir.