March 4

“Ayol borki, olam munavvar” mavzusida Ma'rifat soati.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2025 yil 4-mart sanasida “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra professor-o'qituvchilari o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

Mustaqillik davri nafaqat Vatanga, insonga bo‘lgan munosabatlarni balki birinchi galda onaga, onajonlarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni, samimiy munosabatimizni, batamom o‘zgartirib yubordi. Mustaqillik tufayli o‘zbek onalari yuksak qadr topdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Onalar jamiyatning ijtimoiy kuchiga aylandi. Marhum muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov iborasi bilan aytganda: “Onalarning obro‘-e’tiborini jiddiy ravishda oshirish, ularning mehnatini, jismoniy sog‘lom, ma’naviy boy hamda axloqan pok yosh avlodni tarbiyalashdagi xizmatini munosib baholashimiz kerak. Ona to‘g‘risida, uning farzandi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlatimizning muqaddas burchidir.”

Fransuz filologiyasi kafedrasi.