December 4, 2024

“À la découverte du français” to'garagi o'z faoliyatini davom ettiradi. 

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan tashkil etilgan “À la découverte du français” nomli to'garak muntazam ravishda o'z faoliyatini davom ettirmoqda. To'garakda Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 1-4-bosqich talabalaridan iborat 15 nafar tinglovchi qo'shimcha bilim va ko'nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

Aytish joizki, ushbu to'garak mashg'ulotlarida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. To'garak rahbari tomonidan talabalarni jamoat ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlanmoqda; A’lochi talabalarga individual topshiriqlar berib, ularni mustaqil ijodiy ishlarga jalb qilinmoqda. Yoshlar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida jahon tajribalari namunalarini o‘rganib, ular borasida fikr almashish ham keng yo'lga qo'yilgan.

To‘garakda ishtirok etuvchi talabalarning imkoniyatlarini o‘rganib chiqildi, ular o‘rtasida maxsus yo‘nalishdagi ishlarni takominlashtirilmoqda. Talabalarning o‘qishidan tashqari faoliyatini mazmunli tashkil etish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazib, ularni ta’lim faoliyatida faol ishtirok etishga targ'ib etilmoqda.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.