February 24

“À la découverte du français” to‘garagi o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

2025-yilning 22-fevral sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan 1-4-bosqich talabalaridan tashkil topgan guruh ishtirokida “À la découverte du français” to‘garagining « Traduire les proverbes et les contes. Les méthodes de la traduction simultanée» mavzusida navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg’ulot jarayonida talabalarga dastlab fransuz tilida maqol va ertaklar haqida ma'lumot berildi. Tarjima jarayonida maqollarning o'zbek tilidagi mos ekvivalentini qo'llash, ikki xalq ma'naviy xazinalaridan alohida e'tibor bilan foydalanish zarurati tushuntirildi.

Bundan tashqari, fransuz ertaklari turlari, ulardagi milliy-madaniy xususiyatlar tarjimondan ulkan diqqat va mahorat talab etishi ta'kidlab o'tildi. Ikki millat madaniyati, an'ana va urf-odatlarini inobatga olgan holda, xalq og'zaki ijodining ushbi bebaho namunalarini o'zbek kitobxonlariga asl mazmun-mohiyati bilan yetkazish vazifasi nechog'lik sharafli va mas'uliyatli ekanligi ta'kidlandi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.