November 1

Pedagogik amaliyot davom etmoqda: "Ustoz-shogird" an'anasi amalda.

Buxoro davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish(fransuztili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-2Fra-22 guruh talabalari G'ijduvon tumanidagi 60-maktabda joriy o'quv yilidagi Pedagogik amaliyot jarayonini samarali o'tkazmoqdalar.

2025-yil 30-oktabr kuni ushbu talabalarning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d (PhD) M.M.Jo‘rayeva, kafedra katta o'qituvchisi f.f.f.d(PhD) M.X.Jabbarova hamda F.I.Rustamova maktabga tashrif buyurib, amaliyotchilarga o'z tavsiya va maslahatlarini berdilar.

Pedagogik amaliyot davomida talabalar, maktab o'quvchilari bilan ishlash orqali o'zlarining pedagogik bilim va ko'nikmalarini rivojlantirdilar. Fransuz tili o'qitish jarayonida talabalarga didaktik materiallar tayyorlash, o'quvchilarning tilni o'zlashtirish darajasini baholash, interaktiv darslar o'tkazish va turli pedagogik metodlarni qo'llash bo'yicha amaliy tajribalar berdi. O'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi yaqin hamkorlik, yosh avlodning chet tillariga bo'lgan qiziqishini oshirishda muhim omil bo'ldi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.