November 11

"Bag'rikenglik" mavzusida Kelajak soati - Ma'rifat darsi o'tkazildi.

2025-yil 11-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d(PhD) M.M.Jo‘rayeva tomonidan 11-5,6,10,11,12 Ing-24 guruhlarida "Bag'rikenglik" mavzusida navbatdagi Kelajak soati - Ma'rifat darsi o'tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotda talabalarga bag‘rikenglikning hayotdagi o‘rni, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida tushuncha berildi. Hayotiy misollar, hikmatli so‘zlar, videoroliklar, sahna ko‘rinishlari va guruhli ishlash orqali o‘quvchilarda bag‘rikenglik madaniyati shakllantirildi. Bag‘rikenglik – bu boshqalarning fikrini, e’tiqodini, millatini, urf-odatlarini hurmat qilishdir. Bag‘rikeng jamiyatda tinchlik, do‘stlik va totuvlik hukm suradi. O‘zini hurmat qilgan inson boshqalarni ham hurmat qiladi. Har kim o‘z fikriga ega, ammo bag‘rikeng inson boshqalarning fikriga ham quloq tuta oladi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.