January 21

"O'zbekiston 2030 strategiyasi - Xalq strategiyasi" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kefedrasida 2025 yil 21-yanvar kuni "O'zbekiston-2030 strategiyasi - Xalq strategiyasi" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Ma'rifat soatida kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD) O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlaganidan dalolatdir.

Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.