November 22, 2024

Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" tadbiri.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari Sh.R.To'yboyeva va Sh.D.Xolova tonomidan 2024 yil 22-noyabr kuni Universiteti Talabalar turar joyi 5-bino 1-qavatida "Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz" hamda "Kitobga oshno qalblar" mavzularida davra suhbati o'tkazildi. Unda Xorijiy tillar fakultetida tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirok etib, kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Kafedra o'qituvchilari yotoqxona tarbiyachisi H.Alimova bilan birgalikda qizlar xonalarini ham ko'zdan kechirib, tozalik, gigiyena va tartib-intizom bo'yicha o'z tavsiyalarini berdilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.