Buxoro shahridagi madaniy hordiq maskanlariga tashrif.
Joriy yilning 26-noyabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi Tairova M.X. tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-3 FRA -24 guruhi bilan kafedra miqyosida noyabr oyida o'tkaziladigan tadbirlardan “Buxoro shahridagi istirohat va madaniy hordiq maskanlariga tashrifini tashkil etish” mavzusi doirasida Buxoro shahrining eski shahar qismidagi Labi Hovuz majmuasi va o’sha yerda joylashgan Qo’g’irchoqlar ustaxonasiga tashrif buyurdilar.
Ustaxonada talabalar qo’g'irchoqlar qanday usulda yaratilishini ko’rib o’tdilar va ko’plab yangi ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Undan keyin ustaxonani bir tomonida joylashgan qo’g’irchoqlar ko’rgazmasini tomosha qildilar.
Talabalar Buxoro shahrining qadimiy va diqqatga sazovor joylarini ham aylanib chiqdilar, o‘sha davr madaniyati va tarixi bilan tanishdilar.