Ommaviy madaniyatning milliy ma'naviyatimizga ta'siri.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2024 yil 17-sentyabr sanasida "Ommaviy madaniyatning milliy ma'naviyatimizga ta'siri" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv jarayonini har tomonlama chuqurlashuvi va axborot texnologiyalarining takomillashib borgani sayin milliy madaniyat, milliy qadriyatlar va a’zaliy an’analarni saqlab qolish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida, Gʻarbdagi ayrim «markazlar» boshqa davlatlar va xalqlar o‘rtasida Gʻarb hayoti «jozibalari»ni, jumladan, «ommaviy madaniyat» ta’sirini imkon qadar keng yoyishga harakat qilmoqda.
Bu borada “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm va egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni yo‘q qilishga qaratilgan ma’naviy tahdidlar odamlarni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Darhaqiqat, “ommaviy madaniyat” milliy madaniyat va mamlakatimiz kelajagi uchun rahna solar ekan, ushbu jarayonga befarq qarab tura olmaymiz.
Mamlakatimizda yosh avlodni zararli oqimlar ta’siridan himoyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki ommaviy madaniyatga, u bilan yopirilib kelayotgan ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlariga milliy madaniyatni, milliy tarbiyani, milliy ma’naviyatni, ota-bobolarimiz e’tiqod qilib kelgan islomiy qadriyatlar bilan qarshi tura olamiz.
Fransuz filologiyasi kafedrasi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul: Sh.D.Xolova.