February 12

Universitet Axborot-resurs markazida sayyor dars.

2025 yil 11-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi L.B.Majidova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-3ING-23 guruh talabalari bilan Universitet Axborot-resurs markazida sayyor dars tashkil etildi.

Sayyor dars davomida talabalar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kutubxona fondida fransuz tilida mavjud bo'lgan resurslar va ulardan foydalanish to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.