May 4

Fayzulla Xo'jayev uy-muzeyida sayyor dars.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B. tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili)ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-2Fra-21 guruh talabalari bilan 2025-yil 5-may kuni Fayzulla Xo'jayev uy-muzeyida sayyor dars tashkil etildi.

1-2FRA-21 guruhi bilan ushbu dars orqali biz nafaqat tarixiy ma’lumotlarga boy bo‘lgan joyni ziyorat qildik, balki o‘zbek xalqining og‘ir sinovlar, siyosiy o‘zgarishlar davridagi taqdiri haqida chuqur mulohaza yuritdik. Sayyor dars davomida talabalarga Fayzullo Xo‘jayevning hayoti, siyosiy faoliyati, islohotlarga qo‘shgan hissasi va fojiali taqdiri haqida keng tushuncha berildi. Muzey eksponatlari orqali biz o‘sha davr muhitini his etishga harakat qildik, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va shaxsiy buyumlar orqali voqealarni yanada yaqqol tasavvur qildik.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.