"Mehnatning tagi - rohat" mavzusida Kelajak soati - Ma'rifat darsi o'tkazildi.
2026-yil 10-mart kuni Buxoro davlat universiteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi professori f.f.d(DSc)M.H.Xamidova tomonidan 11-1,2,3Fra-24 hamda 11-1,2Tnf-24 guruhlarida "Mehnatning tagi - rohat" mavzusida navbatdagi Kelajak soati - Ma'rifat darsi o'tkazildi.
Ushbu dars “Mehnatning tagi – rohat” mavzusiga bag‘ishlanib, OTM talabalarida mehnatsevarlik, irodalilik va maqsadga intilish tuyg‘ularini tarbiyalashni maqsad qiladi. Dars mazmuni orqali talabalarga mehnat inson hayotining muhim omili ekanligi, mehnat orqali muvaffaqiyat va farovonlikka erishish mumkinligi tushuntirildi.
Mashg‘ulot jarayonida xalq og‘zaki ijodiga oid maqollar, hikmatli so‘zlar, hayotiy misollar hamda turli interfaol metodlar (savol-javob, suhbat, muhokama, guruhli ishlar)dan foydalanildi. Bu esa talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni faol ishtirok etishga undashga xizmat qiladi. Dars davomida talabalarning mustaqil va mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish, o‘z fikrini ravon va erkin bayon etish ko‘nikmalari rivojlantirildi. Shuningdek, mehnatga befarq bo‘lmaslik, har qanday ishni mas’uliyat bilan bajarish, kelajak kasbiga ongli yondashish kabi tarbiyaviy jihatlar singdirildi.