March 12
Sayyor dars samarali o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Majidova Laziza Baxtiyorovna tomonidan 2025-yil 12-mart kuni Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) 11-13Ing 23 guruh talabalari bilan Yoshlar markazi yonidagi Yoshlar xiyobonida sayyor dars tashkil etildi.
Ochiq havoda tashkil qilingan dars davomida o'qituvchi tayyorlab kelgan turli xil metodlar va interaktiv o'yinlardan foydalangan talabalar fransuz tilidagi og'zaki bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamladilar.