Utilisation efficace des jeux, des chansons, de la musique et des histoires dans l'enseignement d'une langue étrangère aux enfants et aux adolescents” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-2FRA-21 guruhi talabalari bilan "Chet tilini o’qitishning integrallashgan kursi” fanidan “Utilisation efficace des jeux, des chansons, de la musique et des histoires dans l'enseignement d'une langue étrangère aux enfants et aux adolescents” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ushbu ochiq darsda talabalar juda faol qatnashdilar. Dars juda qiziqarli tarzda tashkil etildi. Darsda talabalalar turli xil interaktiv o’yinlardan foydalandilar. Shu bilan birgalikda, yangi ta’lim texnologiyalari va innovatsion yondashuvlar dars jarayonini yanada jonlantirdi. Mavzuga oid prezentatsiya, video va audiolardan foydalangan holda mavzu yoritib berildi. Lug’atlarni o’yinlar yordamida o’zlashtirdilar. Ochiq darsda talabalar bir-biri bilan o’z bilim va ko’nikmalarini nomoyon qilishdi.
Shuningdek, ochiq darsni tahlil qilishda Fransuz filologiyasi kafedrasidan Sh.To’yboyeva, N.Xayatova va Sh.D.Xolovalar ishtirok etdilar.