January 30

Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi magistrantlarining ilmiy amaliyotiga start berildi. 

2025 yil 27-yanvardan boshlab Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi huzurida Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistratura talabalari uchun ilmiy amaliyot (stajirovka)lar tashkil etildi.

Amaliyot boshlanishida magistrantlar bilan bajarilishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi. Fransuz filologiyasi kafedrasi professorlari f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova hamda f.f.d.(DSc) O.I.Adizova tomonidan ushbu davrda tayyorlanadigan hujjatlar haqida batafsil ma'lumot berildi, amaliyotchilarga ushbu muhim jarayonni namunali o'tkazish vazifasi yuklatildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.