Buxoro obidalari bo’ylab sayyor dars.
2024 yil 19-dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti Jo’rayeva Maqsuda Muxammadovna tomonidan Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-4 GHTF-22 guruh talabalari bilan Buxoro shahridagi Bolo Hovuz jome masjidi hamda Ark tarixiy obidasida sayyor dars tashkil etildi.
O'quv mashg'ulotining aynan mana shunday tarixiy maskanlarda tashkil etilishidan ko'zlagan maqsad avvalo, bo'lajak gig va tarjimonlarning dars mashg'ulotlariga bo'lgan talab va mas'uliyatlarini oshirish, kasbiy faoliyatga muhabbat hamda o'quv mashg'ulotlariga innovatsion yondashishdan iborat.
Tashrif chog`ida talabalar Singapurdan kelgan turistlar bilan ham fransuz, ham ingliz tilida muloqotda bo`lib, shahrimizdagi tarixiy obidalar to’g’risida so’zlab berdilar va o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob oldilar.