November 15, 2024

"Talabalik - oltin davrim"

Talabalikni inson umrining oltin davriga qiyoslanganligi bejiz emasdir. Chunki, talabalik inson umrining takrorlanmas va unutilmas bahoridir.

Joriy yilning 14-noyabr kuni "17- noyabr – Xalqaro talabalar kuni"munosabati bilan Xorijiy filologiya fakulteti, Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi F.I.Rustamova Universitet talabalar turar joyida “Talabalik oltin davrim” nomli davra suhbatini tashkil etdi.

Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida o'tkazilgan ushbu davra suhbati davomida talaba-yoshlar o'zlarining talabalar hayotiga oid bo'lgan voqealarni so'zlab berishdi, kelajakdagi orzulari bilan bo'lishishdi.

Shu o’rinda inson sifatida shakllanishlari yo’lida narvon bo`lgan qadrdon universitetimizdan g`oyat minnatdor ekanliklarini bildirishdi. Ustozlari va yaqinlari ishonchlarini oqlab, yanada yuksak marralarni zabt etish ularga nasib qilsin.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.